hunarmandchilik

USTANING MO»JIZAKOR SAN’ATI

   Poytaxtimizning diqqatga sazovor qadamjolaridan biri bolmish Shayxontohur tumanida joylashgan Abulqosim shayx madrasasi XVIII-XIX asrlarda bunyod etilgan. U mustaqillik yillarida qayta tamirlanib, mahobati tiklandi. Bu dargohda «Otkan kunlar» romanini bizga tuhfa etgan buyuk adib Abdulla Qodiriy ham tahsil olgan.

Oymakor naqshlar bilan bezatilgan ikki tabaqali darvoza yonidan boshlanuvchi jimjimador gullari turli boyoqlarda «yal-yal» tovlanib, kozni qamashtiruvchi eshikli hujralarda ayni paytda kichik-kichik ustaxonalar tashkil etilgan. Chet ellik sayyohlarning qadami uzilmaydigan ushbu binoda yogoch oymakorligi, lok miniatyurasi, naqqoshlik, misgarlik, sandiqsozlik ustaxonalari mavjud.

Bu erda ijod qilayotgan yoshlardan biri — yogoch oymakorligi sanatini puxta egallagan Sardor Niyozov tayyorlagan kitob taglik, qalamdon, xontaxta, kursi, lagan, shaxmat taxtasi, stol kabi buyumlar etiborni tortadi.

— Mamlakatimizda biz, yoshlar uchun Prezidentimiz rahnamoligida yaratilgan sharoitlarning adogi yoq. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, men kabi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ish boshlagan yosh mutaxassislar aslo kam bolgani yoq, – deydi biz bilan suhbatda Sardor gururlanib.

Sardor 10 yoshidan buyon naqqoshlik bilan shugullanadi. U bu hunarni otasi usta Hasan Niyozovdan organgan. Milliy ananalarimizga bolgan qiziqish bois kasb-hunar kollejida yogoch oymakorligi yonalishi boyicha tahsil oldi.

Azaldan mamlakatimizda betakror yogoch oymakorligi mahsulotlari yaratib kelingan. Har bir xonadonda yogochdan ishlangan ustunlar, eshiklar, ayvonlar, xontaxta, sandiq, kursi, quti, qalamdon yoki musiqa asboblari bor. Ularning aksariyati haqiqiy sanat asari namunalaridir. Mustaqillik yillarida bunyodkorlik ishlari avj olishi bilan birga memoriy bezak vazifasini bajaruvchi yogoch oymakorligi sanati yanada ommalashdi.

Shu orinda Prezidentimizning «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanatini rivojlantirishni yanada qollab-quvvatlash togrisida»gi Farmonini eslashning ozi kifoya. Pirovardida hunarmandchilikning qariyb unutilgan turlari qayta tiklandi. Soha ravnaq topdi.

Yogoch oymakorligini mukammal organishga intilayotgan S.Niyozov yasagan sanat asarlari juda nozik va jilvakorligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bir bolak yongoq taxtasidan elimsiz va mixsiz ishlangan oymali lavhlar, qalam qutilar, yongoq yogochidan oyilgan laganlar muxlislar etirofiga loyiq.

— Toshkent yogoch oymakorligi sanati kop yillik ananalarga sodiq qolgan holda rivojlanishda davom etmoqda, — deydi yosh usta. — Biz ham ushbu noyob sanat turini saqlab qolishga oz hissamizni qoshayotganimizdan xursandmiz. Biz koproq yongoq, qayragoch va chinor yogochlaridan oddiy qutichadan tortib mahobatli darvozagacha yasaymiz. Tanlab olinadigan bu qattiq va pishiq yogochlar 3-4 yil mobaynida salqin joyda quritiladi. Shu bois, ulardan tayyorlanadigan buyumlar sifatli, chiroyli, chidamli va xaridorgir boladi.

Yosh hunarmandning yaqin kelajakdagi orzularidan biri ozining ustaxonasini ochib, yogoch oymakorligi maktabini rivojlantirishdan iborat.

Ziyoda VOHIDOVA

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Top.Mail.Ru